Ochiq eshiklar kuni

Termiz davlat universitetida Muzrabot xizmat koʻrsatish, Uzun qishloq xoʻjalik hamda Jarqoʻrgʻon biznes va yengil sanoatlari texnikumlarining bitiruvchi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. 

Dastlab oʻquvchilarga universitet faoliyati, mavjud 13 ta fakultet va ulardagi yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar uchun universitet boʻylab tur tashkil etilib, axborot-resurs markazi, fakultetlar va kafedralar, oliygoh tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishtirildi.

Universitet hayoti ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbirda  barcha savollarga amaldagi jarayonlar koʻrsatilgan holda batafsil javob berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 82

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil