Toʻrt kun davom etgan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining final bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi. Tanlovda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etishdi.
Quvonarlisi mazkur tanlovda Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Xadicha Faxriddinova - Kimyo fakulteti;
Farzona Usmonova - Kimyo fakulteti.
Kayhon Atoyev - Tabiiy fanlar fakulteti;
Nurali Murodullayev - Tabiiy fanlar fakulteti;
Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov, Mirzo Ulugʻbek jamgʻarmasi raisi akademik O.Salimov va yana bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi.
Talabalarimiz maxsus sertifikat hamda 6 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ular Italiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida imtihonsiz o‘qish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi. Ushbu yutuq va muvaffaqiyat bilan talabalarimizni tabriklaymiz.