20-22-may kunlari Termiz davlat universitetida tuman (shahar) hokimliklari tarkibiy bòlinma mutaxassislarining malakasini oshirish va kasbiy kònikmalarini rivojlantirish maqsadida 18 soatlik òquv kursi tashkil etildi.
Unda Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilari trener sifatida yoshlar siyosati, oila va xotin-qizlar, qurilish, kommunikatsiya, ekologiya kabi masalalar yuzasidan maʼruzalar qilishdi. Oʻquv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.