Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi

Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy unvon va darajalar berilgan o'qituvchilarga professor, dotsent hamda falsafa doktori (PhD) attestat hamda diplomlari topshirildi.

Kun tartibidagi muhim masalalardan biri — ilmiy sohadagi ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalar tinglanib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi. 

Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining “Scopus” bazasidagi jurnallarda 2024-yilning bugungi kuniga qadar 40 ta maqolasi indekslandi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 50% ga koʻp. 2024-yilning oxiriga qadar har bir fakultetning professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan kamida 60% “Scopus” bazasidagi jurnallarda maqola nashr etish topshirigʻi yuklatildi.  

Yigʻilishda “Ustoz-shogird” tizimining mazmun-mohiyati, uni anʼana sifatida shakllantirish - uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirishning muhim omili ekanligi taʼkidlanib, talabalarni ustoz-shogird tizimi boʻyicha professor-oʻqituvchilarga biriktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Rektor: oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi, pedagogik mahoratini oshirib borishida “Ustoz-shogird” usuli kutilgan natijani berishini bugungi davrning oʻzi koʻrsatib turibdi. Ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib oʻtib kelayotgan ustoz-shogirdlikni tizimga aylantirish taʼlim samaradorligini oshirishda yaxshigina natija beradi.

Yigʻilishda masʼullarga yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik koʻrish, shaffof va adolat prinsiplariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazish, yangi 2024-2025-oʻquv yili uchun kafedra yuklamalari va taqsimotlarini oʻz vaqtida shakllantirish boʻyicha vazifalar berildi. 

Yigʻilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʻullarga zaruriy topshiriqlar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 82

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil