Avvalroq Termiz davlat universiteti ilmiy majmuasi tomonidan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun mazkur konferensiyada oʻz maʼruza va ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan 75 nafar talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Har bir shoʻba boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Yoshlarning ilmiy ishlarini toʻplam holatida nashr etish rejalashtirilgan.