Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi.
2022/2023-oʻquv yilida Termiz davlat universitetini tamomlagan bitiruvchilarning bandligi 87,4% ga taʼminlangan. Joriy oʻquv yilida universitetni 9000 nafardan ortiq bitiruvchi tamomlab, diplom oladi. Mazkur mehnat yarmarkasi ushbu bitiruvchilarga oʻzlari uchun munosib ish oʻrinlarini topishlariga imkon berdi.
Mazkur mehnat yarmarkasi talabalar bilan korxona, tashkilotlar vakillarining jonli muloqotini tashkil etish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish hamda talabalarning bandligini taʼminlashga xizmat qildi.
Yarmarka doirasida tashkil etilgan koʻrgazmadan 13 ta fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalarning ijod namunalari, ishlanmalari oʻrin olgan boʻlib, ish beruvchilar tomonidan katta qiziqish bildirildi.