Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. 24 nafar talaba portret janrida ijod qilib, milliy obrazlarni yaratishdi. Ranglar uygʻunligi va mavzular xilma-xilligi orqali ishtirokchilar oʻz isteʼdodini namoyish etishdi.
Tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrin — Sarvinoz Boltayeva, Moxichehra Abdurahmonova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs)
2- oʻrin Nasiba Xurramova (Rangtasvir yoʻnalishi 4-kurs) hamda Shahzoda Jumayeva (Amaliy sanʼat yoʻnalishi 3-kurs)
3-oʻrin Madina Adirova (Rangtasvir yoʻnalishi 3-kurs) hamda Zubayda Karimova (Dizayn yoʻnalishi 1-kurs)ga nasib etdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.