Termiz davlat universitetida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Baxtli oila — saodat kaliti” mavzusida Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi malaka oshirish markazi Surxondaryo mintaqaviy filiali hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda oilaparvarlik, oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uni asrash hamda mustahkamlash xususida talabalarga tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar tomonidan ijro etilgan mavzuga doir sahna koʻrinishlari yigʻilganlarni fikr-mulohaza yuritishga chorladi.