Rektor A.Toshqulov Boysun tumanidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumani Mustaqillik va Chorchinor mahallasidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammolarini tingladi.

Muloqot davomida yoshlar, tadbirkorlik, o‘zini-o‘zi band qilish bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal etish masalalarida murojaat qilishdi. A.Toshqulov har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berib, ijrosi bo‘yicha aniq muddat belgilab berdi. Shuningdek, ular uchun Samarqand hamda Buxoro viloyatlariga sayohat tashkil etish rejalashtirildi.

Mazkur uchrashuv Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 84

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 51

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 73

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil