Rektor raisligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Universitet jahon andozalariga mos sifatli ta’lim beradigan, ilmiy va innovatsion faoliyatdan daromad keltiradigan ilmiy tashkilotga aylanishi shart.

Rektor raisligida universitetdagi barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mas’ul rahbarlar, tyutorlar (1000 nafarga yaqin jamoa) ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda jahon andozalariga mos o‘quv jarayonlarini tashkil etish, talabalarni mustaqil ta’lim bilan band qilish, ish beruvchilar talabiga asosan kadrlar tayyorlash, ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula asosida ish olib borish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni targ‘ib qilish, talaba va professor-o‘qituvchilarga sharoitlar yaratish hamda hududni obodonlashtirish borasida bajarilgan ishlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil 106 ta dissertatsiya ishlari himoya qilingan bo‘lsa, joriy yil boshidan beri himoyalar 16 taga yetgan. Ilmiy salohiyat 33%ni tashkil etib, uch oyda 1,3 foizga oshgan.  Professor-o‘qituvchilar tomonidan 5 ta xalqaro va 4 ta 5 mlrd. so‘mlik mahalliy loyihalar yutib olindi. Shulardan 2 tasi YUNЕSKO tashkiloti grantidir. Ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun shartnomalar tuzildi. Nufuzli xorijiy universitetlar bilan 3 ta ta’lim yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish rejalashtirildi. Xodimlar ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi asosida professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Unga ko‘ra 258 nafar pedagog va boshqaruv xodimlariga ustamalar belgilandi.

Shuningdek, ayrim professor-o‘qituvchilarning bilim va pedagogik ko‘nikmasi zamon talabiga javob bermayotganligi, ta’lim sifatiga yetarli e’tibor yo‘qligi, darslik va adabiyotlar yetishmasligi, ish beruvchilar talabi bilan hisoblashilmayotganligi, professor-o‘qituvchilarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotganligi kabi muammo va kamchiliklar tanqid ostiga olindi.

Professor-o‘qituvchilar, mas’ul rahbarlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab berildi: endi asosiy e’tibor ta’lim sifatiga qaratiladi

Hemis platformasiga barcha fanlardan topshiriqlar joylashtiriladi va shaffof baholanadi;

mustaqil ta’lim maqsadli yoki ma’lum muammoni hal qilishga yo‘naltiriladi;

dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari faoliyatiga baho berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hamda shaxsiy ish rejalari to‘liq raqamlashtiriladi;

ilmiy-amaliy markazlar, ishlab chiqarish sanoat zonasi tashkil etiladi;

ilmiy-tadqiqotlarni tijoratlashtirish asosiy vazifa sifatida belgilanadi;

Scopus ilmiy-texnik bazasidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;

nufuzli oliy ta’lim muassasalaridagi ilg‘or tajriba va yutuqlar universitet faoliyatiga joriy etiladi;

talabalar va o‘qituvchilar orasida sportni ommalashtirish choralari ko‘riladi;

universitetda yaratilgan xodimlar faoliyati samaradorligi (KPI) tizimi ommalashtiriladi va ustamalar beriladigan pedagoglar soni 350 nafarga yetkaziladi va h.

Kengaytirilgan yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Darband oʻquv amaliyot markazi”da talabalar uchun ilk bor oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi

  • 2024-04-30
  • 7

Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari botanika kafedrasi professor–oʻqituvchilari rahbarligida Boysun tumanidagi “Darband oʻquv amaliyot markazi”da oʻquv mashgʻulotini olib borishdi. 

Batafsil

Biz korrupsiyaga qarshimiz

  • 2024-04-29
  • 34

Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar hamda iqtisodiyot va turizm fakultetlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish“, ”Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish" mavzularida davra

Batafsil

Rektor A.Toshqulov Boysun tumanidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

  • 2024-04-29
  • 16

Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov Boysun tumani Mustaqillik va Chorchinor mahallasidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammolarini tingladi.

Batafsil