H.Mamasaidov: oʻz yutuqlarimizning yagona muallifi oʻzimiz

Termiz davlat universitetida MFaktor loyihasi asoschisi hamda Jalinga Global kompaniyasining rivojlanish bo’yicha direktori Hasan Mamаsaidov ishtirokida universitetning yosh liderlari, kelajak rahbarlari - talabalar uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi. 

Rektor Abduqodir Toshqulov ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuvni ochib berar ekan, bu zalda boʻladigan suhbat bugun 70 foiz ishtirokchilarning hayot yoʻllarini keskin oʻzgartirib yuborishiga ishonch bildirdi. 

Tajribali tadbirkor, spiker, ustoz talabalarga muvaffaqiyat va liderikka erish sirlarini oʻzining hayoti davomida erishgan yutuq va ba’zi qiyinchiliklari misolida soʻzlab berdi. Tadbirkor suhbat davomida biznesdagi ilk qadamlari, oilaviy tadbirkorlikning turli jihatlariga ham to'xtalib o'tdi.

H.Mamasaidov: Hayotimizda 4 ta asosiy resurs muhim oʻrin tutadi: bular — baxt, energiya, pulga boʻlgan ehtiyoj va hurmat-izzat statusi. 

Yakunda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 85

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 52

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 74

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil