Uchrashuvda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Abduraim Choriyev, viloyat Kengashi deputati Rustam Hamrayev, universitet mas’ul rahbarlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda xalq vakili sifatida, deputat oldida turgan dolzarb vazifalar, o‘z saylovchilari ishonchini oqlash va ularning manfaatini himoya qilish yo‘lida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida deputatlar tomonidan hayotiy misollar bilan talabalarga tushuntirib berildi.
Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga deputatlar tomonidan batafsil javoblar berildi.