Termiz davlat universiteti Kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasi tayanch doktoranti Maxmudov Tursunpulat Davronovichning Urganch davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqa iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etishning optimal tartibga solish mexanizmini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Tursunpulat Davronovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.