Termiz davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston sharoitida tarix va etnologiya fanlarining dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.
Bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilayotgan yutuqlarni umumlashtirish, ularni mamlakatimizning taraqqiy etishiga yo‘naltirish, ekologik muammolarni o‘rganib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga munosib hissa qo‘shish, xalqimizning tarixi va madaniyatini o‘rganish anjumanning asosiy maqsadi qilib olingan.
Ushbu konferensiyada 7 ta shoʻba asosida Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalaridan 70 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar ZOOM platformasi orqali oʻz maʼruzalari bilan qatnashib, yakunda shoʻbalar asosida o'z taklif va tavsiyalarini berishdi.