Uchrashuvda talabalarga bilim olish va kasb egallashdagi bugungi kun imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta'lim sohasidagi islohotlar haqida gapirilib, ilmga targ‘ib qilindi.
"Hozir hayotingizni smartfon bilan bog'lab, ertangi kuningizni azobga qo‘ymang, bugun o‘qing, bugun izlaning!", — deb ta’kidladi rektor
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda faol yoshlar tomonidan universitet axborot resurs markazi bazasini boyitish, akademik mobillik doirasida talabalar almashinuvini yangi bosqichga olib chiqish, xorijiy grantlar va yozgi maktablarga talabalarni keng jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yakunda talabalar tomonidan bildirilgan takliflarni amalda joriy etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar yuklandi.