Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida talabalar o'rtasida Harakatli o‘yinlar(estafeta) bo‘yicha fakultet birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada ijtimoiy fanlar fakultetining talabalari o'z jamoalari bilan faol ishtirok etishdi. Uchrashuvda 5 ta jamoa "Quvnoq startlar", "Basketbol", "Arqon tortish" shartlari asosida o'zaro bellashishdi.
Shiddatli kechgan bahslarda ijtimoiy fanlar fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Yakunda g'olib jamoalarga tashkilotchilarning esdalik sovg'alari topshirildi.