Universitetning 70 yillik yubileyini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Rektor rahbarligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida 2024-yilning oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Termiz davlat universitetining 70 yillik yubileyini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha qator masalalar muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Dastlab, yubiley ramzini o‘zida aks ettiruvchi – talabalar va havaskor dizaynerlar tomonidan yaratilgan logotip loyihalari bilan tanishilib, munosib loyiha tanlab olindi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan masʼul prorektorlarning taqdimotlari ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.