“Talabalar bahori”

Bugun Termiz shahri katta bayram — “Talabalar bahori” yoshlar festivaliga mezbonlik qildi. Festival doirasidagi oʻnlab tadbirlarda ishtirok etgan yigit-qizlar oʻz isteʼdod va iqtidori, bor mahoratini namoyish etdi.

Kun davomida sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar, sayohatlar, uchrashuvlar, koʻrgazma namoyishlari, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi chiqishlar, pazandachilik tanlovlari, bir so'z bilan aytganda, yoshlar barcha yo'nalishlarga qamrab olindi.

Nihoyat hayajonli daqiqalar ham yetib keldi. “Sanʼat saroiyi”da tashkil etilgan galakonsertga tashrif buyurgan viloyat hokimi U.Qosimov festivalda faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan yigit-qizlarni taqdirladi.

Quvonarlisi, Termiz davlat universitetining ko'plab iqtidorli talabalari g'oliblar qatoridan joy oldi. G'oliblar bilan tanishing:

Mini futbol musobaqasida faxrli 1-o'rin;

”Zakovat" intellektual oʻyinida 1-oʻrin;

Kurash musobaqasida 1-oʻrin Jahongir Mamatrahimov, 2-oʻrin Jamshid Mamatrahimov, 3-oʻrin Saidbek Mengtoʻrayevga nasib etdi.

“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovida 2-o‘rin;

Voleybol boʻyicha qizlar jamoasi 3-oʻrin;

Ommaviy marafon yugurish musobaqasida Zarnigor Odilova 3-oʻrin;

Velomarafon boʻyicha Qo‘shoqova Farog‘at 3-oʻrinni egalladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 85

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 53

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 77

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil