Termiz davlat universiteti yuridik fakultetida “Miss Yurist-2024” ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Ishtirokchi qizlar 4 ta shart doirasida — tanishtiruv, savol-javob, pazandachilik, badiiy chiqish shartlari asosida bellashishdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan qo'shiq, she’r, raqs, o'zbek ayol qahramonlarining obrazlari hakamlar tomonidan yuqori qiziqish bilan baholandi.
Tanlov so'nggida iqtidorli va eng faol qatnashgan qizlarga faxriy yorliqlar topshirildi.