Xabaringiz bor, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida ikkinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda. Forum doirasida Termiz davlat universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Norvich til ta'limi instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
NILE - ingliz tilini o'rgatish bo'yicha jahondagi eng yirik ta'lim va rivojlanish provayderlaridan biridir. 1995-yildan beri 60 dan ortiq turli mamlakatlardan 70 000 dan ortiq o'qituvchilarni tayyorlagan. Shuningdek, Kembrij CELTA va DELTA va ELT o'qituvchilari va trenerlari uchun maxsus qisqa muddatli mutaxassislik kurslari ishlab chiqilgan.
Norvich til ta'limi instituti bilan hamkorlik doirasida akademik aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, universitet professor-o‘qituvchilariga ingliz tilini o‘rgatish hamda onlayn rejimda o‘qituvchilar tayyorlash dasturlari amalga oshiriladi.