8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, oliygohdagi talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi qizlar uchun ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Doshqozonlarda osh damlanib, 3000 nafarga yaqin talaba-qizlarga dasturxon yozildi.
Tadbirda ishtirok etgan universitet rektori A.Toshqulov talabalar bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, ularni bayram bilan samimiy qutladi.
Badiiy qismda yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.