8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda universitetda faoliyat yuritayotgan 700 nafar muhtarama professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar, hamda faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan dilbar ayollarni dastlab universitet rektori A.Toshqulov nafosat va go‘zallik bayrami bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, bugun universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar har jabhada faollik koʻrsatib, salmoqli natijalarni qayd etishmoqda.
Maʼlumot uchun: ayni vaqtda Termiz davlat universitetida professor-oʻqituvchilarning 265 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Shundan olimalar soni 90 nafar boʻlsa, ularning 15 nafari 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlardir.
Tadbir davomida aziz ayollar uchun bayram dasturi namoyish qilindi. Dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud qildi. Yakunda ayyom sababchilariga bayram sovgʻalari ulashildi.