Universitet rektori Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasining faoliyatini muhokama qildi

Fakultetda tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda dastlab oʻquv jarayoni va taʼlim sifati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan xato hamda kamchiliklar boʻyicha maʼlumot berildi.

Shundan soʻng jamoaning KPI tizimida qayd etgan natijalari taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

Ma'lumot uchun, ushbu fakultet KPI tizimida universitet fakultetlari orasida 8 oʻrinda boʻlib, ilmiy salohiyat 52,38% ni tashkil etadi. Hozirda fakultetdan KPI tizimi boʻyicha 210 nafar oʻqituvchidan bor yoʻgʻi 17 nafar oʻqituvchi ustama haq olmoqda.

Rektor jamoaning tizimdagi natijasi ilmiy salohiyatga yarasha emasligini taʼkidlab, koʻrsatgichi past boʻlgan professor-oʻqituvchilarga alohida vazifalar yukladi. Fakultet dekan va kafedra mudirlariga yanada jonbozlik koʻrsatib, yangicha uslubda ishni tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. 

Natijalar keyingi 6 oylikda qayta koʻrib chiqilishi alohida taʼkidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 85

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 53

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 77

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil