Xabar berganimizdek, talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrlash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo ligasi bo'lib o'tmoqda.
Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining "Xakkerlar", tarix fakultetining "Tarixdagi bolalar" hamda Ijtimoiy fanlar fakultetining "Pozitiv" jamoalari 3 ta shart asosida bellashdi.
O'zlarining tayyorlangan chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etgan "Xakkerlar" va "Tarixdagi bolalar" jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.