Termiz davlat universitetida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning zukkolik va kreativ fikrlash qobilyatini yanada oshirish maqsadida talabalar o'rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo ligasi start oldi.
O'zbek filologiyasi fakultetining "Uzbechka" hamda tabiiy fanlar fakultetining "Boyvachcha" jamoalari 3 ta shart asosida bellashib, o'zlarining yorqin va mohirona tayyorlangan chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdi. Hakamlar hay'atining xulosalariga ko'ra, "Uzbechka" jamoasi g'olib deb topildi.