“Huawei” kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini Termiz davlat universitetida keng joriy qilish maqsadida universitet rahbariyati hamda “Huawei” kompaniyasi vakillari oʻrtasida muzokara olib borildi. 

Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va turli sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali aholi hamda yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish va foyda keltirishga harakat qilmoqda. Kompaniya bir qator ijtimoiy va taʻlim loyihalarini ham amalga oshirib kelyapti. 

Uchrashuvda shuningdek, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni sertifikatsiyalashning ixtisoslashtirilgan markazini joriy qilish hamda smart universitet loyihasi boʻyicha taklif bildirildi. Markaz AKT sanoati va ushbu yoʻnalishda ishlash, rivojlanish istagini bildirgan iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 87

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 55

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 77

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil