Ma'lumki, joriy yilning 19-24-fevral kunlari Termiz davlat universitetida talabalarning ijara xonadonlardagi xavfsizligini o'rganish yuzasidan ishchi guruhlar shakllantirilib, haftalik e'lon qilingan edi.
Shu kunlarda masʼul rahbarlardan iborat ishchi guruhlar, ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlarini jadal oʻrganishmoqda.
O'rganish jarayonida xonadonlardagi isitish vositalarining xavsizlik talablariga javob berish holatini koʻzdan kechirish bilan birga talabalarga xavfsizlik choralariga qat'iy rioya qilish bo'yicha zaruriy ko'rsatmalar berilmoqda.
Ma'lumot o'rnida: Ayni vaqtda Termiz davlat universitetining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalari 10146 nafar bo'lib, shundan 4 036 nafari ijara xonadonlarida, 2 617 nafari talabalar turar joylarida hamda 3415 nafari oʻz uyida va yaqin qarindoshlarining uylarida istiqomat qilishadi.