Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish”ga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan uchrashuvda talabalarga korrupsiya illatining salbiy oqibatlari, har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanligi tushuntirildi.