Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar tadbiri 1000 ga yaqin talabalarni bir maqsad yo'lida birlashtirdi.
Talabalar "brain-ring", kitobxonlik, zakovat, munozara intellektual o'yinlari orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishgan bo'lsa, arqon tortish, tosh ko'tarish, shaxmat-shashka, kuch sinashish, stol tennisi bo'yicha o'zaro kuch sinashdilar.