Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan  ilmiy unvonlar berilgan professor-oʻqituvchilarga falsafa doktori (PhD) dotsent attestatlari topshirildi.

Shuningdek, Prezident hamda nomdor davlat stipendiyasi tanlovining sohibi boʻlgan 18 nafar talabalar ham ragʻbatlantirildi.

Yigʻilish davomida Vazirlar Mahkamasining 1030-sonli qarori ijrosi boʻyicha Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq to'lashni belgilash boʻyicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan o'rganish natijalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2024-yilda 206 nafar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar, jumladan 174 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) lavozim maoshining 30 foizigacha, 32 nafar fan doktorlari (DSc) lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq oladilar.

Yig'ilish kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri professor-oʻqituvchilar faoliyatining ish samaradorligini baholash (KPI) mezonlari asosida olgan ballariga ko'ra ustamalar belgilash bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi.

Endilikda (KPI) mezonlariga muvofiq universitetning 210 nafar professor-oʻqituvchilari 6 oy mobaynida lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qoʻshimcha haq oladilar.

Yig'ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib mas'ullarga zaruriy topshiriqlar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 87

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 55

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 77

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil