Termiz davlat universiteti texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Xalturayev Xoltura Kuvatovichning Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DS.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashning 02.00.17 – “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha “Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan un, non va non mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik xavfsizligini taʼminlash tadqiqoti” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Xoltura Kuvatovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.