Rektor “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning uchinchi yoʻnalishi doirasida Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga bordi

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning uchinchi yoʻnalishi doirasida Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabiga bordi. 

Dastlab rektor maktabda faoliyat koʻrsatayotgan tikuvchilik sexi faoliyati, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish oʻquv amaliyoti jarayoni, kompyuter va maʼnaviyat sektori xonalari bilan tanishdi. Tikuv sexida 35 nafar qizlar turli tashkilot va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar uchun sifatli va qulay narxda dasturxon va choyshablar tikib, yetkazib berayotgan boʻlsa, pop usulida kashtachilik sir-asrorlarini oʻrganayotgan qizlar oʻz hunari ortidan daromad topshiga ham ulgurishmoqda.  

Rektor maktab oʻqituvchilari va xodimlar bilan suhbat qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi. “Maʼnaviyat sektori” Konsepsiyaning yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari xususida maʼlumot berdi.

Universitet tomonidan mazkur kasb-hunar maktabining raqamli axborotlarni qayta ishlash yoʻnalishida tahsil olayotgan oʻquvchilari uchun 20 dan ortiq kompyuter jamlanmasi, proyektor hamda elektron doskalar sovgʻa qilindi. 

Endilikda yoshlar nazariy bilimlarini amaliyotda ham qoʻllash orqali o'rganganlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 87

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 55

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 77

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil