Rektor A.Toshqulov Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalaridan tashkil topgan voleybol terma jamoasi va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazib, jamoani yanada faollashtirish, mashg'ulotlar samaradorligini oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.
Sportchilarni rag'batlantirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish va butun jamoani tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib borish uchun xorijning nufuzli oliygohlariga yuborish bo'yicha mas'ul prorektorlarga vazifa berildi.
Topshiriq ijrosi sifatida talabalarimiz 2024-yilning 16-19-may kunlari Turkiyaning Bosfor universitetida o’tkaziladigan 43-sport festivalida voleybol va stol tennisi bo’yicha ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu festival 1980-yildan buyon o’tkazib kelinadi va unda har yili dunyoning 70 dan ortiq oliygohlaridan kelgan talabalar o’zaro bellashadi. Bosfor universiteti xalqaro QS reytingida 514-o’rinni egallaydi.