Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Termiz davlat universitetida 11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ilm-fan sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda rektor A.Toshqulov ishtirok etib, bugungi kunda oliygohdagi olima ayollar nafaqat universitet hayotida, balki jamiyatimizda ham faol ekanliklarini alohida taʼkidladi.

Seminarda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolliklarini oshirish, borasida amalga oshirilayotgan ishlar, madaniy hayotidagi oʻzgarishlarda ayollarning tutgan oʻrni mavzularida maʼruzalar qilindi. 

Tadbir soʻnggida eng faol xotin-qizlar maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda universitetda olimalar soni 89 nafarni tashkil etib, eng muhimi ularning 15 nafari 35 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlardir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 87

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 55

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 77

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil