Termiz davlat universiteti transport tizimlari va inshootlari kafedrasi mudiri Kuziyev Abdimurot Urokovichning Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli Ilmiy kengashning 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha “Hududdagi yuk oqimlarini transport tarmog‘ida optimal taqsimlash va ularni rivojlantirish uslubiyoti” mavzusida texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Abdimurot Urokovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.