Rus va qardosh tillar fakulteti hamda oʻzbek filologiya fakultetida “Navoiyga ehtirom” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda talabalar gʻazallar aytib, Navoiy obrazini gavdalantirishdi.
Uchrashuvlarda yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va madaniyatini oshirish, Navoiy hayoti va ijodini oʻrganish, asarlarining mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyatini keng targʻib etish, oʻzbek mumtoz adabiyoti mavzularida maʼruzalar qilindi.