Sh.Mirziyoyev: “Yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga,
aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim”.
Termiz davlat universiteti talabalarining kitobga boʻlgan qiziqish va mehrini oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda ishtirok etgan yigit-qizlar yangi chop etilgan oʻquv darslik, badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop jurnal va nashrlar bilan tanishtirildi.
Fakt: 95% insonlar daqiqasiga 210 soʻz yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob oʻqiydilar. Balzak esa yarim soatda 200 bet kitob oʻqigan. Sizchi?