Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
Qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani.
A.Navoiy
Buyuk mutafakkir olim, shoir, gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligini keng nishonlash maqsadida Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar va kimyo fakultetilarida tadbir tashkil etildi.
Yigit-qizlar Navoiy ijodini nechogʻlik bilishlarini oʻqigan gʻazal va ruboiylari misolida namoyish etishdi.
Uchrashuvlarda Alisher Navoiy sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiy tilli xalqlar madaniy va maʼnaviy hayotining rivojida alohida oʻrin tutadigan yorqin shaxs ekanligi eʼtirof etildi.