Tarix fakultetida oʻtkazilgan tadbirda gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiyning oʻzbek tili rivojiga qoʻshgan hissasi, oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olinib, shoirning ruboiy va gʻazallaridan namunalar oʻqildi.
Xuddi shunday ma'naviy-ma'rifiy tadbir ''Navoiyga ehtirom'' mavzusida ostida Termiz tumanidagi harbiy qismlardan birida ham tashkil etildi. Unda talabalar Navoiy ijodiga oid g'azallardan o'qib, buyuk mutafakkirning dostonlaridan sahna ko'rinishlarini maromiga yetkazib ijro etishdi.