Xorijdan oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi!

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan OTMlaridan Oʻzbekiston OTMlariga oʻqishni koʻchirish Oʻzbekiston taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

• ariza;
• reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma nusxasi;
• pasport nusxasi.

❗️Birinchi kursni tamomlagandan soʻng oʻqishini koʻchirish boʻyicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz sayti orqali ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. 

*Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.*

Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan koʻrsatilgan oʻquv shaklidagi guruhlarga toʻlov-kontrakt asosida koʻchiriladi.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirilishiga ruxsat etilmaydi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil