Iqtisodiyot va turizm fakulteti

70

Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani:

Abdug‘aniyev Otabek Allajonovich Iqtisod fanlari doktori, professor;

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon: +99890 644-11-22
Telegram: +99890 644-11-22
70

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Norqobilov Nusratillo Norsaitovich

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14:00 – 16:00
Telefon: +998994101558
Telegram: +998994101558
70

O`quv ishlari bo`yicha (ikkinchi oliy ta’lim va sirtqi) dekan o’rinbosari

Mengniyozov Anvar Normurodovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba, Shanba: 13:00 – 16:00
Telefon: +998997347706
Telegram: +998997347706
70

O`quv ishlari bo`yicha kechki ta'lim dekan o’rinbosari

Shoydaliyev Umid Eshquvat òģli

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14:00 – 16:00
Telefon: +998996735412
Telegram: +998996735412
70

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosari

Aliyarov Olim Abdug’aparovich

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: +998942600737
Telegram: +998942600737
70

Ilmiy ishlari bo`yicha dekan o'rinbosari

Toshaliyeva Saodat Toxirovna

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: +998932299991
Telegram: +998915771916

Iqtisodiyot va turizm fakultetida hozirda jami 6 ta ta’lim yonalish mavjud bolib, ular:

5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha) ta’lim yonalishi;

5230600-Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi;

5231700-Kadrlar menejmenti/ Inson resurslarini boshqarish ta’lim yo‘nalishi;

5610300-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

5610200-Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi;

5230900-Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi.

Mazkur ta’lim yonalishlar (bakalavr, magistr - kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim shakllari)da jami 3833 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 224 nafari davlat granti asosida, 3609 nafari kontrakt asosida tahsil oladi.

Jami talabaning 80% o‘zbek millatiga, 14% tojik, 3% nafari Turkman, 3% qolgan millatlarga mansub. Fakultet asosiy kontingenti Surxondaryo viloyatining turli tuman va shaharlaridan kelgan talabalar tashkil etadi. Respublikamizning boshqa viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar bilan bir qatorda qo‘shni Respublikalardan, jumladan Avfg‘oniston, Tojikiston Respublikalaridan kelgan talabalar ham mavjud. Jami talabalardan 20 nafari nogironligi bor fuqarolar, 13 nafari chin yetim talabalar hisoblanadi.

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:

Iqtisodiyot va menejment;

Moliya;

Turizm va mehmonxona xo’jaligi.

Fakultet professor-o‘qituvchilarining jami soni 98 nafar bo‘lib, shundan 8 nafari fan doktori, DSc, 26 nafari fan nomzodlari, PhD hisoblanadi.

Iqtisodiyot va turizm fakulteti

1992-yil Ozbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan Respublikamizdagi barcha Pedagogika institutlari universitetga aylanishi munosabati bilan Iqtisodiyot ta’lim yonalishi ochildi. 1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakulteti tashkil etildi.

1993-1994 o‘quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakultet talabalar soni ko‘paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakultetidan Moliya-menejment fakulteti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakulteti ham alohida fakultet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil 8 iyuldagi Termiz davlat universitetining Ilmiy Kengash qarori hamda universitet rektori buyrug‘i bilan ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakulteti tashkil etildi. 2007 yil 5 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari A.Parpiyevning ko‘rsatmasi va 2007 yil 30 noyabrdagi Universitet Ilmiy Kengash qarori hamda 2007 yil 28 dekabrdagi universitet rektor buyrug‘iga muvofiq Iqtisodiyot-moliya fakultetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o‘zgartirildi. 2010 yil avgust oyidagi universitet Ilmiy Kengash qaroriga asosan Iqtisodiyot fakulteti deb nomlandi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bo‘lib o‘zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.

Ushbu davrlarda fakultetga: professor U.U.Umarov, professor A.A.Roziyev, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.J.Jo’rayev, dotsent A.M.Qoraxonov, dotsent A.S.Oltiyev, dotsent O.X.Xatamov, dotsent A.O.Roziyev, dotsent M.A.Gadayshayev, dotsent F.X.Bahromov, i.f.n A.A.Avliyaqulov, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.B.Imanov, i.f.n. A.E.Absamatov, dotsent M.A.Gadayshayev, Z.O.Samatov, i.f.n. A.E.Absamatovlar rahbarlik qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimonlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari”

  • 2024-04-26
  • 16

Termiz davlat universitetida “Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimonlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Batafsil

TerDUdagi "Ilmiy-tadqiqot markazi"ga arxeologiya yo‘nalishi uchun 400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi

  • 2024-04-26
  • 6

Ana shu maqsadda rektor A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, Xitoy-Markaziy Osiyoda Inson va atrof-muhit “Bir kamar va bir yo‘l” xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Ma Jianni qabul qildi. 

Batafsil

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

  • 2024-04-25
  • 26

Usmon Azim tugʻilgan yurti Surxondaryo viloyatining qadimiy Boysunida milliy qadriyatlar havosi bilan toblangan inson. U nafaqat nazmda, balki nasrda ham oʻzining alohida oʻrniga ega. 

Batafsil