TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda

Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Rektor Abduqodir Toshqulov tadbirni ochib berar ekan, shoirning mazmunli ijod va hayot yoʻli haqida toʻxtalib, uning sheʼrlarida oʻrganish lozim boʻlgan mavzular juda koʻp ekanligini eʼtirof etdi.

Vatan, Ona, tinchlik, sadoqat, muhabbat kuychisi S.Sayyid talabalar bilan samimiy suhbat chogʻida bolalik yillari, adabiy muhit, sheʼrlarining yaralish tarixi haqida soʻzlab berdi. 

Uchrashuv yakunida shoir talabalar uchun universitet kutubxonasiga oʻz kitoblaridan sovgʻa qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

  • 2024-05-05
  • 11

Tuman (shahar) bosqichidan oʻtgan 72 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilari mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro bilim koʻnikmasi va mahoratini sinovdan oʻtkazishdi.

Batafsil

Akademik va talabalar uchrashuvi

  • 2024-05-04
  • 15

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, Oliy majlis Senati aʼzosi, akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Batafsil

Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  • 2024-05-03
  • 77

Termiz davlat universiteti ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Tadjiyeva Mastura Fayzullayevnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va

Batafsil