Mavlyanov Otabek Rustamovich
Oltinsoy tumani hokimi
.
Norqobilov Muzaffar Jumayevich
Oʻzbekiston Respublikasi DXX ChQ “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi direktori. Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
1992-2001-y.y. - Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 53-sonli umumiy taʼlim maktabi oʻquvchisi; 2003-2007 й.й. - Termiz Dalat universitetining Tarix fakultetida oʻqigan; 2007-2008 й.й. - Termiz Davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarix fani oʻqituvchisi; 2008-2009 й.й. - Toshkent viloyati Toshkent tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchi; 2009-2009-y.y. - Vaqtincha ishsiz boʻlib, ota-onasiga uy-xoʻjalik ishlarida yordamlashgan; 2009-2011-y.y. - Termiz Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi tarix fani oʻqituvchisi; 2011-2013-y.y. - Termiz Davlat universiteti magistratura boʻlimida Oʻzbekiston tarixi mutaxassisligi boʻyicha oʻqigan, shu bilan Termiz Davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyda tarix fani oʻrindosh oʻqituvchisi vazifasida ishlagan; 2013-2014-y.y. - Termiz Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida tarix fanidan asosiy katta oʻqituvchi; 2014-2015-y.y. - Termiz Davlat universiteti “Maʼnaviyat asoslar va huquq taʼlimi” kafedrasi oʻqituvchisi; 2015-2018-y.y. - Termiz Davlat universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi; 2018-2020-y.y. - Termiz Davlat universiteti “Falsafa” kafedrasi katta oʻqituvchisi; 2020-2021-y.y. - Termiz Davlat universiteti Yuridik fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari; 2021-y. - h./v. - DXX Chegara qoʻshinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi direktori.
Alimov Usmon Ibrohimovich
Sherobod tumani hokimi
Alimov Usmon Ibrohimovich — Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi 2007 va 2014-yillarda Termiz davlat universitetini, 2021-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan (mutaxassisliklari: milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari; iqtisodiyot; davlat boshqaruvi). Mehnat faoliyatini 2013–2019-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligida turli masʼul vazifalarda hamda Uzun tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida boshlagan. 2019–2023-yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yil noyabr oyidan boshlab esa xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.
Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich
Shoʻrchi tumani xokimi
Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich – Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hokimi 2003 va 2009-yillarda Termiz davlat universitetini tamomlagan (mutaxassisligi: transport vositalaridan foydalanish hamda moliya). Mehnat faoliyatini ijro hokimiyati organlarida turli masʼul lavozimlardan boshlagan. Faoliyati davomida Uzun va Angor tumani hokimining oʻrinbosari, shuningdek, Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (2023–2024) lavozimlarida ishlagan. 2024-yil 25-sentabr kuni Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Mansurov Mirzoqul Abduxofizovich
“Hududgaztaʻminot” aksiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʻminoti filiali direktori
Mansurov Mirzoqul Abduxofizovichning mehnat faoliyati 2001-yilda “Uzun” savdo jamiyatida taftishchi sifatida boshlangan. U 2007–2010-yillarda fermer xoʻjaligi va davlat ekspertiza boshqarmasida, 2010–2017-yillarda esa Surxondaryo viloyati va “Janubgaztaʼminot” tizimida turli masʼul lavozimlarda ishlagan. 2017–2020-yillarda “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaz Surxondaryo” MChJda rahbarlik lavozimlarini egallagan. 2020-yildan buyon “Hududgaztaʼminot” AJ “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston “Adolat” SDP aʼzosi hisoblanadi.
Mengliyev Baxtiyor Rajabovich
Oʻzbek tili va adabiyoti
1983−1990-yillarda Termiz davlat pedagogika institutida (hozirgi Termiz davlat universiteti (https://uz.wikipedia.org/wiki/Baxtiyor_Mengliyev)) oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha tahsil olib, uni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. (1984−1986-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan). 1990−1991-yillarda Termiz davlat universitetida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. 1991−1994-yillarda Buxoro davlat universiteti aspiranturasida, 1998−2001-yillarda esa doktoranturasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1996-yilda nomzodlik, 2002-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda 2003-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 1994−2008-yillarda Qarshi davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor hamda fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2008−2016-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida professor va kafedra mudiri vazifalarida faoliyat olib borgan. 2016−2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti (https://tsuull.uz/en/content/scientific-school-baxtiyor-mengliyev)da fakultet dekani, professor hamda kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2023-yil 10-oktabrdan Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqotchi-professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda
Sattarov Odiljon Berdimuratovich
“Vatandoshlar” jamoat fondi Boshqaruv raisi
Sattarov Odiljon Berdimuratovich hozirgi kunda “Vatandoshlar” jamoat fondi Boshqaruv raisi 2001-yilda Termiz davlat universitetining "Bank ishi" ta'lim yo'nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyatini boshqaruv organlari va jamg‘armalarda turli mas'ul lavozimlardan boshlagan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2021-yil 21-sentabrda “Vatandoshlar” jamoat fondi Boshqaruv raisi etib tayinlangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga kiritilgan.