Bosh sahifa | Bitiruvchilar | Mengliyev Baxtiyor Rajabovich

Mengliyev Baxtiyor Rajabovich

Mengliyev Baxtiyor  Rajabovich

Mengliyev Baxtiyor Rajabovich

Oʻzbek tili va adabiyoti

Tamomlagan yili: 1990-yil Ta'lim yo'nalishi: Filolog, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi (Oʻzbek tilshunosligi mutaxassisi)
1983−1990-yillarda Termiz davlat pedagogika institutida (hozirgi Termiz davlat universiteti (https://uz.wikipedia.org/wiki/Baxtiyor_Mengliyev)) oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha tahsil olib, uni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. (1984−1986-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan).
1990−1991-yillarda Termiz davlat universitetida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
1991−1994-yillarda Buxoro davlat universiteti aspiranturasida, 1998−2001-yillarda esa doktoranturasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1996-yilda nomzodlik,
2002-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda 2003-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
1994−2008-yillarda Qarshi davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor hamda fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.
2008−2016-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida professor va kafedra mudiri vazifalarida faoliyat olib borgan.
2016−2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti (https://tsuull.uz/en/content/scientific-school-baxtiyor-mengliyev)da fakultet dekani, professor hamda kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
2023-yil 10-oktabrdan Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqotchi-professor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda
Ortga