Bosh sahifa | Bitiruvchilar

Bitiruvchilar

Toshqulov Abduqodir  Hamidovich

Toshqulov Abduqodir Hamidovich

Termiz davlat universiteti rektori

Tamomlagan yili: 1998-yil Ta'lim yo'nalishi: Moliya va kredit

2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan. 2010-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan. 2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini boshlagan. 2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi, 2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlangan. 2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari va 2023-yil 1-noyabrdan Termiz davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritmoqda

Batafsil
Toʻrayev Rasul  Nortojiyevich

Toʻrayev Rasul Nortojiyevich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori

Tamomlagan yili: 1996-yil Ta'lim yo'nalishi: Matematika-informatika

.

Batafsil
Absamatov Anvar  Ergashevich

Absamatov Anvar Ergashevich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori

Tamomlagan yili: 1998-yil Ta'lim yo'nalishi: Muhandis-iqtisodchi

.

Batafsil
 Sirojiddin Zayniyevich Mirzayev

Sirojiddin Zayniyevich Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

Tamomlagan yili: 1990-yil Ta'lim yo'nalishi: Fizika-matematika

Sirojiddin Mirzayev (O‘zbekiston) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi. Uning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: suyuqliklar molekulyar akustikasi; ko‘p komponentli eritmalarda kritik hodisalar va fazaviy o‘tishlar; ko‘p fazali tizimlar va nanosuyuqliklarning issiqlik-fizik xossalari; seysmologiya va materialshunoslikda murakkab jarayonlarni ko‘p masshtabli kompyuter modellashtirish. U 280 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 8 ta patent muallifi hisoblanadi. Ilmiy maqolalari Physical Review, The Journal of Chemical Physics, Reports on Progress in Physics, Chemical Physics Letters kabi xalqaro nufuzli nashrlarda e’lon qilingan. Uning rahbarligida 4 nafar fan doktori va 4 nafar fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangan. Professor Mirzayev ilmiy nashrlar tahririyati faoliyatida ham faol ishtirok etadi. U “Doklady Akademii nauk” jurnali bosh muharririning o‘rinbosari, shuningdek “Fan va turmush” (“O‘zbekistonda fan va hayot”) ilmiy-ommabop jurnali vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi. U 10 dan ortiq yirik ilmiy va ilmiy-tashkiliy loyihalarda rahbar va ishtirokchi sifatida qatnashgan, jumladan Aleksandr fon Gumboldt jamg‘armasining xalqaro dasturlari doirasidagi loyihalarda ham ishtirok etgan. Shuningdek, u Germaniyaning Gyottingen universiteti Uchinchi fizika institutida taklif etilgan tadqiqotchi va Xalqaro akademiyalar assotsiatsiyasi (MAAN) akademigi hisoblanadi.

Batafsil
Temir  Shirinov

Temir Shirinov

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari.

Tamomlagan yili: 1972-yil Ta'lim yo'nalishi: Tarix fanlari doktori, professor

1950-yil 10-martda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1972-yilda Termiz davlat pedagogika institutini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tarix fanlari doktori, professor. Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganish Assotsiatsiyasi (Fransiya) Vitse-prezidenti Germaniya arxeologiya Instituti haqiqiy a’zosi, Tokio Soko Universiteti (Yaponiya) oliy mukofoti sovrindori, Varshava (Polsha) universiteti Oltin medali sohibi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan, “Fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Mehnat faoliyatini 1972-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida laborant lavozimidan boshlagan. 1976-1979-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti Leningrad bo‘limining aspiranturasida tahsil olgan. 1979-1989-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida kichik, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1989-1992 yillarda Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti doktoranturasida o‘qigan. 1993-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2004-yildan 2011-yilga qadar Samarqand davlat universiteti rektori, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, 2013-yildan 2016-yilga qadar Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti «O‘zbekiston tarixi, ma’naviyat, sotsiologiya va madaniyat asoslari” kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga saylangan. 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017-yildan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari. Oilali, ikki nafar farzandi va nabiralari bor.

Batafsil
Lolayev Sharofiddin  Usanovich

Lolayev Sharofiddin Usanovich

Termiz shahar hokimi

Tamomlagan yili: 2015-yil Ta'lim yo'nalishi: Moliya

Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetning bakalavriat bosqichini, 2021-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahri hokimining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Batafsil
Rajabov Sherzod  Abdimuratovich

Rajabov Sherzod Abdimuratovich

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

Tamomlagan yili: 2007-yil Ta'lim yo'nalishi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

MEHNAT FAOLIYATI 2004-2008 yy. - Surxondaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi hisobchisi, yetakchi iqtisodchisi, mutaxassisi 2008-2009 yy. - Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi mutaxassisi 2009-2010 yy. - Surxondaryo viloyati hokimining yordamchisi 2010-2012 yy. - Surxondaryo viloyati hokimligi Nazorat monitoring guruhi rahbari 2013-2016 yy. - “Sharobsoz” ijodiy markazi masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh mutaxassisi 2016-2017 yy. - “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi kichik mutaxassisi, bosh mutaxassisi 2017-2018 yy. - “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ boshqaruv raisining yoshlar boʻyicha maslahatchisi 2018-2018 yy. - “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ tarmoqni rivojlantirishni strategik rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi 2018-2019 yy. - “Oʻzsharobsanoat” AJ sanoat uzumchiligi va boshqa xomashyo bazasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi 2019-2020 yy. - Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzumchilikni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish boʻlimi boshligʻi 2020-2021 yy. - Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi 2021-2023 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari 2023-2023 yy. - Qiziriq tumani hokimi 2024-y. - h.v. - Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Batafsil
Toʻraev Joʻrabek  Abdullaevich

Toʻraev Joʻrabek Abdullaevich

Surxondaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari– viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi

Tamomlagan yili: 2009-yil Ta'lim yo'nalishi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

.

Batafsil
Saparov Ilhom  Ochilovich

Saparov Ilhom Ochilovich

Jarqo‘rg‘on tumani hokimi

Tamomlagan yili: 2002-yil Ta'lim yo'nalishi: Pedagogika

.

Batafsil
Ruziev Oybek  Abdimuminovich

Ruziev Oybek Abdimuminovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

Tamomlagan yili: 1996-yil Ta'lim yo'nalishi: Iqtisodiy geografiya

.

Batafsil
Qalandarov Shuhrat  Iskandarovich

Qalandarov Shuhrat Iskandarovich

Termiz tumani hokimi

Tamomlagan yili: 2004-yil Ta'lim yo'nalishi: Soliq va soliqqa tortish

.

Batafsil
Allamurodov Abdumalik  Abduqodirovich

Allamurodov Abdumalik Abduqodirovich

Bandixon tumani hokimi

Tamomlagan yili: 1998-yil Ta'lim yo'nalishi: Yurisprudensiya

.

Batafsil