Bosh sahifa | Bitiruvchilar | Toshqulov Abduqodir Hamidovich

Toshqulov Abduqodir Hamidovich

Toshqulov Abduqodir  Hamidovich

Toshqulov Abduqodir Hamidovich

Termiz davlat universiteti rektori

Tamomlagan yili: 1998-yil Ta'lim yo'nalishi: Moliya va kredit
2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan.

2010-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini boshlagan.

2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi,

2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlangan.

2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari va 2023-yil 1-noyabrdan Termiz davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritmoqda
Ortga