Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Ilmiy atamalar

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro’yxati (nomenklatura) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, ularni attestatsiyadan o’tkazish, talabgorlarning ilmiy darajasi va ilmiy unvonlarini tasdiqlash, shuningdek muayyan attestatsiya tadbirlarini sistemali tashkil etish yuzasidan fan tarmoqlari, ixtisoslik guruhlari va ixtisoslik-larning tizimli ravishda shifrlangan (raqamlangan) kompleks ro’yxati.

Ixtisoslik – muayyan belgilar (maqsad, predmet, mohiyat, aloqadorlik va boshqalar) asosida mohiyatan bir-biriga yaqin va mazmunan turdosh bo’lgan tadqiqot yo’nalishlarining tegishli fan tarmog’i asosida ixtisoslik doirasidagi birligi.

Ixtisoslik nomi – muayyan ixtisoslik mohiyatining annotatsiya tarzida aniq va juda qisqa shaklda ifodalanishi.

Ixtisoslik shifri (raqami) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro’yxatidagi muayyan ixtisoslikning tegishli fan tarmogi va ixtisosliklar guruhi raqamlangan tizimidagi tartib raqami.

Ixtisosliklar guruhi – muayyan belgilar (maqsad, predmet, mohiyat, aloqadorlik va boshqalar) asosida mohiyatan bir-biriga yaqin ixtisosliklarning tegishli fan tarmogi doirasida guruxdanishi.

Ixtisosliklar guruhi shifri (raqami) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro’yxatidagi muayyan ixtisoslik guruhining tegishli fan tarmogi raqamlangan tizimidagi tartib raqami.

Fan tarmog’i – muayyan belgilar asosida mohiyatan bir-biriga yaqin ixtisosliklar guruhi (ixtisosliklar) ning tegishli fan tarmog’i bo’yicha guruxlanishi.

Fan tarmog’i shifri (raqami) – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro’y-xatidagi muayyan fan tarmog’ining fan tarmoqlari tarkibida raqamlangan tartib raqami. Join us https://telegram.me/scientificpublications

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi

  • 2024-05-07
  • 12

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi. A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat

Batafsil

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

  • 2024-05-06
  • 26

“Surxon U19” va “TerDU” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsli oʻyinni rektor boshchiligidagi futbol ishqibozlari zavq bilan tomosha qilishdi. 

Batafsil

A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi

  • 2024-05-06
  • 28

Rektor rahbarligida xorijiy va respublikamizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini universitetda joriy etish hamda TerDUni har bir jabhada yuqori darajalarga olib chiqish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Batafsil