Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi

 

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasida 15 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan asosiy shtatda 9 nafar professor-o‘qituvchi, 2 nafari o‘rindoshlik asosida, 4 nafari esa tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 4 nafar katta o‘qituvchilar,
7 nafar o‘qituvchi hamda 4 nafar stajyor-o‘qituvchilar.

Kafedra katta oqituvchisi Narbosheva Maqsuda Achilovna 2023-yil 30-oktabrga qadar kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi vaqtda Sheraliyeva Munavvar Abdullayevna kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra tarixi: Kafedra 2000-2001-o‘quv yilining 1 sentabridan “Umumiy pedagogika” va “Psixologiya ” kafedralari negizida “Maktabgacha tarbiya” nomi bilan ajralib chiqqan.

Kafedrani:

  1. 2001-2002-yillarda kafedrani p.f.d., prof. B.O.Qodirov kafedrani boshqardi.
  2. 2002-2004-yillarda p.f.n. O‘.Rajapov kafedrani boshqardi.
  3. 2004-2009-yillarda dots. S.Jo‘raqulov kafedrani boshqardi.
  4. 2009-2010-yillarda p.f.n. O‘.Rajapov kafedrani boshqardi.
  5. 2010-2011-yillarda dots. R.Mustafaqulov kafedrani boshqardi..

6. 2011-yilda kafedralarni yiriklashtirish maqsadida “Boshlang‘ich ta’lim“ va ”Maktabgacha ta’lim” kafedralari birlashtirilib, “Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim” deb yuritila boshladi. 2011-yil 28-avgustdan 2014-yil fevraliga qadar kafedra mudiri lavozimida psixologiya fanlari nomzodi, dots. M.O.Norbosheva faoliyat yuritdi.

7. 2014-yil 2-sentabrdan biologiya fanlari nomzodi M.Xolmurodov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritdi.

8. 2015-yilning 16-aprelidan boshlab kafedrani dots.M.Norbosheva boshqardi.

9. 2016-yil apreldan 2017-yil oktabrgacha kafedraga p.f.n.A.Raxmatullayev va p.f.n. X.Sharafutdinovalar rahbarlik qilgan.

10. 2017-yilning 14-noyabridan 2021-yilning 6-sentabr oyigacha kafedraga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Narbasheva Mehri Achilovna rahbarlik qilgan.

11. 2021-yilning 20-sentabrdan 2023 yil 16-oktabrgacha kafedraga Narbosheva Maqsuda Achilovna rahbarlik qilgan.

12. 2024-yilning 16-yanvaridan hozirga qadar kafedrani Sheraliyeva Munavvar Abdullayevna boshqarib kelmoqda.

 

Kafedrada oqitiladigan yonalishlar:

Bakalavriat:

1. 5111800-Maktabgacha ta’lim;

2. 5112700-Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi;

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

1. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish.

2. Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari.

3. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi.

4. Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyalari.

5. Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari.

6. Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari.

7. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va texnologiyalari.

8. Bolalarning musiqiy ta’limi.

9. Maktabgacha ta’lim menejmenti.

  1. Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika.
  2. Maktabgacha ta’limda psixologik xizmat.
  3. Maktabgacha ta’limda chet tillarini oqitish metodikasi.
  4. Oila va ijtimoiy pedagogika.
  5. O‘yin faoliyati psixologiyasi va pedagogikasi.
  6. Ijtimoiy va pedagogik psixologiya.
  7. Maktabgacha ta’limda psixologik xizmat(t.f).
  8. Tarbiyachining kreativligi va kompetentligi(t.f).
  9. Artterapiya (t.f.).
  10. Maktabgacha ta’limning zamonaviy tendensiyalari(t.f.).

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

1. Bobokeldiyeva A.A. -“Bolajak tarbiyachilarni bolalarda ijodiy oyinlar vositasida kreativ qobiliyatlarni shakllantirish texnologiyalari”. Ilmiy rahbari: Prof. Sh.Olimov.

2. Sheraliyeva M.A. “Oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik psixologik sovodxonligini oshirish metodikasi”. Ilmiy rahbari: dots.M.A.Norbosheva.

3. Xudoymurodova D.J. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini innovatsion yondashuv asosida kommunikativ kasbiy tarbiyasini rivojlantirish”. Ilmiy rahbari: prof. I.Choriyev.

4. Xodjayarova S.A. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kreativlik sifatlarini shakllantirish metodikasi”. Ilmiy rahbari: prof. I.Choriyev.

5. Boboqulova N.Yu. “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning mayda motorikasini shakllantirish (Mariya Montessori metodikasi misolida) Ilmiy rahbari: dots. Sh.Z.Taylanova.

6. Pratov Saidmurod Irgashovich “O‘yin faoliyati davomida tolerantlik tuyg‘ularini tarkib toptirishning pedagogik mexanizmlari”. Ilmiy rahbari: dots. M.Berdiyeva.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedrada 2021-2022 o‘quv yilida o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘qituvchilar tomonidan O‘UMlar tayyorlandi va o‘z vaqtida qayta takomillashtirilib borilmoqda.

Kafedra Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tuman va Termiz shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglar uchun mahorat darslar, ochiq mashgulotlar, seminar-treninglar tashkil etib kelmoqda.

Shuningdek, S.Xodjayarova Muzrabod xizmat ko‘rsatish texnikumida, S.Pratov Jarqo‘rg‘on biznes va yengil sanoat texnikumida, N.Boboqulova Uzun qishloq xo‘jalik texnikumida o‘quv–uslubiy jarayonlarni rivojlantirish, tashkil etish ishlarida qatnashib kelmoqdalar.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Kafedrada 2023-2024-o‘quv yilida o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘qituvchilar tomonidan O‘UMlar tayyorlandi va o‘z vaqtida qayta takomillashtirilib borilmoqdi.

Kafedra katta o‘qituvchilari M.Norbosheva, N.Kurbanovalar tomonidan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat” oquv qollanmasi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim Vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i asosan;

A.Bobokeldiyevaning Maktabgacha talimda psixologik xizmat” oquv qollanmasi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim Vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrugi (233-0306)ga asosan;

M.Sheraliyaeva va A.Bobokeldiyevaning “Maktabgacha ta’limda art–terapiya” oquv qollanmasi 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat etildi.

Ilmiy maqolalar:

Kafedrada 2023-2024-oquv yilida Respublika OAK e’tirof etgan mahalliy jurnallarida 15 ta, Xorijiy nashrlarda 15 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Shuningdek, kafedra oqituvchilari tomonidan Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 10 dan ortiq tezislar chop etildi.

Kafedra katta oqituvchisi Sheraliyeva Munavvar Abdullayevna Respublika Intellektual mulk agentligidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ota-onalarning pedagogik-psixologik savodxonligini oshirish” nomli dasturi uchun DGU № 34329 raqamli DGU ga ega boldi.

Kafedra oqituvchisi Boboqulova Nazokat Yusufovna Respublika Intellektual mulk agentligidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning mayda motorikasini shakllantirishning nazariy asoslari” nomli dasturi uchun DGU № 34327 raqamli DGU ga ega boldi.

Kafedra oqituvchisi Pratov Saidmurod Irgashovich Respublika Intellektual mulk agentligidan “O‘yin faoliyati jarayoni bolalardagi tolerantlik tuyg‘ularining mexanizmlarini tadqiq etish” nomli dasturi uchun DGU № 34328 raqamli DGU ga ega boldi.

Kafedra oqituvchisi Xodjayarova Sevara Abdimurot qizi Respublika Intellektual mulk agentligidan “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagog tarbiyachilarning kretivlik sifatlarini rivojlantirish metodikasi” nomli dasturi uchun DGU № 36408 raqamli DGU ga ega boldi.

Kafedra oqituvchisi Mamadiyeva Zilola Shavkat qizi Respublika Intellektual mulk agentligidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy adabiyot orqali nutqni o‘stirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etish” nomli dasturi uchun DGU № 35906 raqamli DGU ga ega boldi.

Kafedra oqituvchisi Abjalova Hilola Rahmat qizi Respublika Intellektual mulk agentligidan “Ijtimoiy hamkorlik asosida talabalarning pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish” nomli dasturi uchun DGU № 35907 raqamli DGU ga ega boldi.

 

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining 2021-2022 yildagi xalqaro hamkorlik faoliyati haqida

1. Xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan shartnomalar:

Kafedrada xalqaro hamkorlik aloqalari, xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini ta’minlash boyicha ishlar olib borildi.

Jumladan:

2021-yil 5-mayda Termiz davlat universiteti va Rossiya federasiyasi Volgograd davlat sosial-pedagogika universiteti bilan memorandum imzolandi.

2021-yil 25-iyunda Termiz davlat universiteti va Rossiya federasiyasi Kazan federal universiteti bilan memorandum imzolandi.

2. Xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar:

2021-yil 13-mayda Rossiya federasiyasi Volgograd davlat sosial-pedagogik universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi va Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi ortasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish texnologiyalari” mavzusida xalqaro aloqalar olib borish boyicha ilmiy seminar otkazildi.

2021-yil 15-dekabrda Rossiya Federasiyasi Kazan federal universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi va Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi ortasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusida xalqaro aloqalar olib borish boyicha ilmiy seminar otkazildi.

2021-yil 17-dekabrda Rossiya Federasiyasi Volgograd Davlat Sosial-pedagogika universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi va Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi ortasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy tendensiyalarni rivojlantirish” mavzusida xalqaro aloqalar olib borish bo‘yicha ilmiy seminar otkazildi.

Kafedraning xorijiy hamkorlik Memorandumiga asosan 2022-yil 3-oktabrdan 2022-yil 22-oktabrga qadar kafedra katta oqituvchisi Kurbanova Nazira Nizomiddinovna Volgograd davlat sotsial pedagogika universitetiga ilmiy stajirovka otab keldi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi

  • 2024-05-07
  • 15

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi. A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat

Batafsil

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

  • 2024-05-06
  • 29

“Surxon U19” va “TerDU” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsli oʻyinni rektor boshchiligidagi futbol ishqibozlari zavq bilan tomosha qilishdi. 

Batafsil

A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi

  • 2024-05-06
  • 28

Rektor rahbarligida xorijiy va respublikamizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini universitetda joriy etish hamda TerDUni har bir jabhada yuqori darajalarga olib chiqish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Batafsil