"Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi

Hujjatga ko‘ra 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida:

o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari Prezident farmoyishiga ko‘ra tasdiqlanadi;

bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;

magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazilmaydi.

 

Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi.

Talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilmoqda:

Unga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalariaro talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

1. talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

2. davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy mamlakatlar hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining vakolatlari kengaymoqda. Jumladan, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

  • 2024-05-05
  • 11

Tuman (shahar) bosqichidan oʻtgan 72 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilari mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro bilim koʻnikmasi va mahoratini sinovdan oʻtkazishdi.

Batafsil

Akademik va talabalar uchrashuvi

  • 2024-05-04
  • 16

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, Oliy majlis Senati aʼzosi, akademik Azamat Ziyo bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Batafsil

Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  • 2024-05-03
  • 79

Termiz davlat universiteti ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Tadjiyeva Mastura Fayzullayevnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va

Batafsil