Termiz davlat universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Oʻzbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumida Termiz davlat universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ikki oliygoh oʻrtasida o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun: bugunga qadar Termiz davlat universiteti va Tojikiston OTMlari o‘rtasida 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolangan boʻlib, shunga asosan o‘tgan o‘quv yillari davomida 15 nafarga yaqin tojikistonlik professor-oʻqituvchilar universitetda maʼruza-mashgʻulotlarini olib borishgan boʻlsa, ayni paytda 10 nafar tojikistonlik talabalar oliygohimizda tahsil olishmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi oʻrni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda. 

  • 2024-05-01
  • 4

Universitet rektori ochib bergan anjuman ishida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva hamda Fransiya, Chexiya,

Batafsil

“Boysun bahori”

  • 2024-04-30
  • 25

Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Boysun bahori” festivaliga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Batafsil

Kimyo, biologiya va fizika fanlari boʻyicha fan olimpiadasiga start berildi

  • 2024-04-30
  • 21

Prezidentimizning “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari

Batafsil